Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinalik olimlar Chako viloyatida antiqa topilmaga duch kelishdi
Argentina janubi-g‘arbidagi Chako viloyatida qazishma ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar meteoritga duch kelishgan. "Telam" axborot agentligining mahalliy Astronomiya uyushmasi rahbari Mario Veskoniga asoslangan holda xabar qilishicha, topilmaning og‘irligi 30,8 tonna keladi.
Fazo jismi Ganselo shaharchasining Kampo-del-Selo ("Osmon maydoni") deb ataluvchi hududida topilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu yerda 4 ming yillar muqaddam meteorit yomg‘iri yuz bergan. Argentinalik olimlarning fikricha, shu paytga qadar mazkur mintaqaga yog‘ilgan fazoviy jismlarning atigi 35 foizi topilgan xolos.
Veskonining ta'kidlashicha, topilma bir necha oylik tadqiqot ishlarining samarasidir. Biroq, meteoritning o‘lchami olimlar uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, topilma Yer yuzida aniqlangan meteoritlarning eng yiriklaridan biri bo‘lishi mumkin.
Bugungi kundagi eng og‘ir meteorit, Afrika janubi-g‘arbida 1920 yilda topilgan "Goba" fazo jismi hisoblanadi. Uning vazni 60 tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:24 / 08.12.2025
Xitoy dunyodagi eng uzoq aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
12:04 / 27.10.2025