Jahon | 15:43 / 13.09.2016
5775
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda atom sohasi xavfsizligiga oid qonun qabul qilinadi

Xitoyda atom sohasi xavfsizligiga oid qonun qabul qilinadi

XXR hududida atom energetikasi sohasidagi xavfsizlik qoidalarini tartibga soluvchi qonun 2016 yil oxirigacha qabul qilinishi mumkin, deya xabar qilgan Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi yadro xavfsizligi bo‘yicha bosh muhandisi Lyu Xua.

Mart oyida Xitoy mamlakatdagi atom energetikasi xavfsizligini tartibga soluvchi qonunni qabul qilishi mumkinligi xabar qilingan edi. O‘shanda, qonun loyihasi Umumxitoy xalq vakillari majlisi muhokamasiga kiritilgani aytilgandi. 

Qonun hujjatida atom inshootlarida terrorchilik sodir etilsa ko‘riladigan choralar va AES qurilishi taqiqlanadigan hududlarni tashkil etishga oid qoidalar kiritilishi ma'lum qilingandi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid