Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyevning qizi Qozog‘iston hukumatining yangi tarkibidan o‘rin olmadi
Qozog‘iston prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyeva bosh vazir Karim Masimovning iste'fosidan so‘ng shakllantirilgan yangi hukumat tarkibiga kirmadi. U bungacha bosh vaziri o‘rinbosari edi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti saytida ma'lum qilingan.
Shu bilan birgalikda, eski hukumatning aksariyat a'zolari o‘z lavozimlarini saqlab qolgan.
Sobiq bosh vazir — Karim Masimov Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qila boshladi.
Mamlakat mudofaa vaziri etib Bosh shtab boshlig‘i, Qozog‘iston Mudofaa vaziri o‘rinbosari Saken Jasuzakov tayinlangan. Bungacha shu lavozimda ishlagan Imangali Tasmagambetov bosh vazir o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi.
Qozog‘iston MSK rahbari lavozimini sobiq Adliya ishlari vaziri Berik Imashev egallagan.
Mavzuga oid
21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi
10:21 / 17.01.2025
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi
16:33 / 18.12.2024
Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi
17:17 / 13.12.2024