Sport | 17:20 / 13.09.2016
9468
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston terma jamoasi «Hamdo‘stlik kubogi-2016» musobaqasida bo‘lmagan
12 sentabr kuni Rossiyaning Bratsk shahrida, «Hamdo‘stlik kubogi-2016» musobaqasi finalida O‘zbekiston va Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bugun ma'lum bo‘lishicha, bu musobaqada O‘zbekiston ham, Tojikiston ham hech qanday terma jamoani jo‘natmagan. Xususan, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ayni paytda Hindistonda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bratsk shahrida mahalliy o‘zbek va tojik oilalarining farzandlaridan tashkil etilgan o‘zbeklar va tojiklar jamoasi ishtirok etgan. Bu jamoalar O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalariga aloqador emasligi aytilgan.