Rossiyaning Irkutsk viloyati Bratsk şahrida 7 kişi yonğin qurboniga aylandi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boşqarmasi saytida xabar berilgan.

«Jyeleznodorojnik» boğbonçilik xöjaligidagi uy yona boşlagani haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 3:00da (Moskva vaqti bilan soat 22:00) kelib tuşgan. Voqea joyiga öt öçiruvçilar yetib kelişganida bino olov içida qolgandi.

Yonğin öçirilgaç, 7 kişining jasadi qoldiqlari topilgan. Ular orasida 3 bola bölgani aytilgan.

Hodisa sabablari örganilmoqda.