Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Le Pen: Fransiyaning YeIdan chiqishiga doir referendum o‘tkazish mumkin
Fransiyaning «Milliy front» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen, mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Fransiyaning YeI tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendumni tashkil etishi mumkinligini bildirdi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Le Pen Yevroparlament sessiyasida berilgan savolga javob berar ekan, «demokratiya me'yorlariga ko‘ra, referendum - bu eng yaxshi quroldir», - degan. U, bu haqda so‘nggi yillarda bir necha marotaba so‘z yuritganini eslab o‘tgan.
Le Penning aytishicha, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Shu boisdan, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ham «demokratga aylanishi» va ularga sharoit yaratib berishi lozim.
Mavzuga oid
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
14:35 / 22.12.2025