Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche 2017 yilda birinchi universal modelini taqdim qiladi
2017 yil bahorida Jyeneva avtosalonida Porsche kompaniyasi tarixidagi birinchi universal – Panamera’ning jahon premerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Avtomobil savdoda taqdimotdan keyin ko‘p o‘tmay paydo bo‘lishi kerak. Modelning nomlaridan biri Porsche Panamera Sport Turismo bo‘lishi mumkin. Universal xetchbek bilan bir xil dvigatellarga ega bo‘ladi, mashinalar faqatgina kuzovi ko‘rinishi bo‘yicha farq qiladi.
Porsche Panamera’ning yangi avlodi 2016 yil iyunida Berlinda namoyish qilingan. Model yangilangan dizayn va yaxshilangan texnologiyalar olgan.
Avvalroq Porsche Parijda Panamera 4 E-Hybrid gibrid modelini namoyish qilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
09:13 / 31.10.2025
Volkswagen’ning bir chorakdagi zarari 1 milliard yevrodan oshdi
12:12 / 18.10.2025
Porsche kompaniyasini McLaren sobiq bosh direktori boshqaradi
15:07 / 26.07.2025