Sport | 00:13 / 14.09.2016
7248
2 daqiqa o‘qiladi

WADA aksildoping ma'lumotlar bazasi buzib kirilganini tasdiqladi

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) Jahon aksildoping agentligidan (WADA) tashkilotning aksildoping ma'lumotlar bazasi buzib kirilganligi haqidagi xabarni olganini tasdiqladi. Bu haqida ITF vakili "R-Sport"ga ma'lum qildi.

"ITF WADA'dan tashkilotning aksildoping bazasi ADAMS'ning buzib kirilganligi haqida ma'lumot oldi va dori vositalarining davolash maqsadida qo‘llanilishiga izn beruvchi  sertifikatlar nusxasi internetda joylashtirildi. Ma'lumotlar bazasini buzib kirishning ko‘lamini aniqlash maqsadida biz WADA bilan ish olib boryapmiz", - deyildi ITF'da. 

13 sentabrda Rossiyaning Fancy Bear xakerlar guruhi WADA amerikalik tennischilar Serena va Vinus Uilyamslarga taqiqlangan dori vositalarini davolash maqsadida iste'mol qilishga ruxsat berganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni chop etdi. Shuningdek 2016 yili to‘rt karra olimpiada chempioniga aylangan amerikalik gimnastikachi Simona Baylzning "ijobiy" doping test topshirgani, lekin o‘yinlardan chetlashtirilmagani aniqlangan. 

WADA rossiyalik xakerlar guruhini ADAMS ma'lumotlar bazasiga noqonuniy buzib kirganlikda ayblamoqda. 

"Jahon aksildoping agentligi bunday davomli kiberhujumlarni qoralaydi, zero ular WADA va doping bilan kurashuvchi global tizimni buzishga yo‘naltirilgan. WADA huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan barcha hujumlar Rossiyadan amalga oshirilayotgani haqida xabar olgan", - deydi tashkilotning bosh direktori Olive Niggli WADA rasmiy saytida.


 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid