Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Trampning musulmonlar haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi
Foto: © REUTERS
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun AQShning respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligi uchun nomzodi Donald Trampning musulmon jamoasi xususida bildirgan fikrlariga munosabatini izhor qildi. Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozongudek bo‘lsa, musulmon millatiga mansub kishilarni AQShga kirishlari uchun taqiq joriy qilishini bildirgan edi, deb xabar qilmoqda xorij OAV.
“Men va BMTning bu masaladagi nuqtai-nazari juda shaffof: insonlarni, ularning irqi, dini, millati va jinsi, etnik kelib chiqishi tufayli ko‘rolmaslik va kamsitishni qabul qilib bo‘lmaydi, — degan Pan Gi Mun matbuot anjumanida.
U muhojirlar va qochqinlarga yordam ko‘rsatish zarurligini qo‘shimcha qilib, bunday insonlar ko‘makka eng muhtoj insonlar guruhi ekanini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
09:19 / 12.03.2026