Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilgi MDH davlatlari rahbarlari yig‘ilishi Moskvada o‘tadi
MDH davlatlari kengashida raislik qilish 2017 yilda Rossiyaga o‘tadi va shu munosabat bilan Rossiya hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishini 2017 yil oktabrida Moskvada o‘tkazishni taklif qildi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16-17 sentabrda Bishkekka tashrif buyuradi va MDH davlatlari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi. 2016 yilda unda Qirg‘iziston raislik qilmoqda.
"Bishkekda MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Bizning tomon navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha aniq sanani taklif qildi. Umid qilamizki, bu sana Bishkekda ma'qullanadi", deb aytdi Ushakov.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026