O‘zbekiston Rossiyaga «yashil yo‘lak» yaratishni taklif qildi

O‘zbekiston Rossiyaga Bojxona xizmati va Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati («Rosselxoznadzor») yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qildi. Bu fikrni 14 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashuvi chog‘ida bildirgan.
Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, tomonlar agrosanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Qishloq xo‘jalik vaziri joriy yilda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi hajmi ikki baravardan ham oshganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga tomonlar o‘zbek meva-sabzavotlarining Rossiya hududiga yetkazilishi hajmi oshirilishidagi mavjud bir qator to‘siqlar mavjudligini ham e'tirof etishgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Bojxona xizmati va «Rosselxoznadzor» yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qilgan.
Tomonlar barcha sohalardagi muammolarni hal qilishda o‘zaro faol hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirishgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

13:12 / 27.11.2022
Qamchiq dovonidagi postlarda «yashil» va «qizil yo‘lak» 1 dekabrdan ishga tushadi

14:45 / 15.07.2022
“Qizil” va “yashil” yo‘lak – postlardagi tirbandlik va asabbuzarlikning yangi manbayi

21:11 / 05.07.2022
Turkiy davlatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga «yashil yo‘lak» ochish taklif etildi

12:03 / 08.04.2021