Bildirilişiça, avtomobilning davlat raqam belgisi foto va videoqurilmalar orqali öqib olinib, oniy soniyalarda baza orqali şu maşinani boşqarayotgan şaxs gardanida tölanmagan jarimasi bor-yöqligi aniqlanadi.
Heç qanday qoidabuzarligi yöq haydovçilar «yaşil yölak» orqali harakatni davom ettiradi. Jarimasi söndirilmagan qoidabuzarlikka ega avtomobillar esa «qizil yölak»ka ötkaziladi.
Agar jarima öşa yerda söndirilsa yoki qarzdorlikka asos bölgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilingan yoxud iş sudda körilayotgan bölsa, harakatni davom ettirişga ruxsat beriladi.
Qarzdorlikni tölolmagan hollarda transport vositalari toki u tölangunga qadar maxsus töxtaş joylariga (jarima maydonçasiga) joylaştiriladi.
Umuman, «qizil» yölakka ötkaziş uçun asos böladigan holatlar röyxati quyidagiça:
- avtomobil egasi qidiruvda bölsa;
- suğurta polisi muddati ötgan bölsa;
- texnik körik muddati ötgan bölsa;
- transportga ortilgan yuk transport gabaritidan me’yoridan ortiq darajaga katta bölsa;
- transport egasining yöl harakati qoidalari buzilgani uçun 60 kun içida tölanmagan jarimasi bölsa.
Bu yangilik birinçilardan bölib Qamçiq dovonidagi YPX statsionar postlarida joriy etildi. Köplab avtomobillardan haydovçi va yölovçilari tuşirilib, maşina esa jarima maydonçasiga kiritib qöyilmoqda. Haydovçilarning ayrimlari gardanida jarima borligini şu yerda bilişmoqda.
Bu qançalik noqulaylik va asabbuzarlik keltirib çiqarayotganini tasavvur qilayapsizmi? Qolaversa, tuşunmovçilik, janjal, tortişuvlar natijasida heç qanday jarimasi yöq haydovçilar ham tiqilinçda qolib ketib, vaqt va asab yöqotişmoqda.
Bu esa adolatsizlik va mantiqsizlikdan boşqa narsa emas.
Çunki qoidabuzarlikka haydovçilarning aksariyati beixtiyor yöl qöyadi. Ya’ni 99 foiz holatda bu köçadagi foto va videokameralar yordamida aniqlanuvçi tezlikni me’yoridan oşiriş qoidabuzarligi böladi va haydovçi qoida buzgani, qoidabuzarligi qayd etilganidan bexabar böladi. Yana ayrim hollarda maşinada oila a’zosi yoki boşqa qarindoşi qoidabuzarlik sodir etgan va bundan maşinaning egasi bexabar bölişi mumkin.
Haydovçini YPX xodimi töxtatib jarimaga torsa, haydovçi bundan şu zahoti xabar topadi. Huquqbuzarlik avtomatlaştirilgan tizim orqali aniqlanganda esa bunday bölmaydi.

















