
Avtotransport vositalarining «yaşil» va «qizil» yölak tamoyili asosida harakatlaniş tartibi 2022 yil 1 dekabrdan boşlab Toşkent viloyati Ohangaron tumanida joylaşgan «Çinor» YPX va Namangan viloyati Pop tumanida joylaşgan «Namangan» YPX statsionar postlarida joriy etiladi.
Bunda postga yaqinlaşgan avtotransport vositasining davlat raqami elektron tablolarda aks ettirilib, qaysi yölak orqali harakatlanişi avtomatik tarzda körsatib boriladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyuldagi «Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 377-sonli qaroriga köra, yöl-patrul xizmati statsionar postlarida taşkil etiladigan:
«Yaşil» yölakdan — belgilangan qoidalarga rioya etadigan va huquqbuzarlik sodir etmagan transport vositalari haydovçilari heç qanday tösiqsiz va çeklovlarsiz harakatlanadi;
«Qizil» yölakdan — qidiruvda bölgan, suğurta polisining muddati ötgan, belgilangan muddatda texnik körikdan ötmagan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanayotgan yoki yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun öz vaqtida tölanmagan jarimasi mavjud bölgan transport vositalari harakatlanadi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, birinçi bosqiçda Qamçiq dovonidagi ikkita statsionar postda «yaşil» va «qizil» yölak işga tuşadi.
Ikkinçi bosqiçda 2023 yilning iyul oyigaça Andijon, Toşkent viloyatlari, Toşkent şahriga kirişdagi statsionar postlar; uçinçi bosqiçda 2024 yilning fevral oyiga qadar Sirdaryo, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatidagi statsionar postlar; 4-bosqiçda 2024 yilning iyul oyiga qadar Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatidagi statsionar postlar; 5-bosqiçda 2025 yilning fevraliga qadar Buxoro va Navoiy viloyatidagi statsionar postlar; 6-bosqiçda 2025 yilning iyuliga qadar Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi statsion postlarda ham «yaşil» va «qizil» yölaklar işga tuşiriladi.
















