Jahon | 11:01 / 16.09.2016
8014
1 daqiqa o‘qiladi

London meri AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashda Klintonni qo‘llab-quvvatladi

London meri Sodiq Hon AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashda Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

Xon respublikachi Donald Trampning musulmonlarga qarshi qarashlari IShIDga "qo‘l kelayotgan"ini ta'kidladi. 

"Men ikki qiz farzandning otasi sifatida o‘ylaymanki, dunyodagi eng bosh siyosatchining ayol kishi bo‘lishi jahonda muhim hodisa bo‘ladi. U (Klinton) g‘olib bo‘lishiga umid qilaman", - dedi u. 

Sodiq Xon AQShga qilgan ilk rasmiy tashrifi davomida Klintonning "ashaddiy muxlisi" ekanligini qo‘shimcha qildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid