Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol ayolning raqibi emas: o‘zaro qo‘llab-quvvatlash - eng katta kuch
Kundalik hayotda ko‘p marta guvohi bo‘lamiz: ikki ayolning yutug‘i bir vaqtda tilga olinsa, ularni taqqoslash boshlanadi: «Qaysi chiroyliroq? Qaysi yaxshi ishda? Qaysisining oilasi mustahkamroq?» - degan savollar so‘ralmasa ham, ko‘pincha miyada paydo bo‘ladi.
Ammo haqiqat shundaki — ayollar raqib hisoblanmaydi. Ularni bir-biriga qarshi qo‘yish kerak emas. Aksincha, ayol ayolni qo‘llab-quvvatlasa, ikkalasi ham yutadi. Jamiyat ham rivojlanadi.
Hamfikrlik, maslahat va yelkadoshlik
Bir-birini tinglash, tushunish va qo‘llash — bu ham ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning bir ko‘rinishi. Masalan, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ayol yosh kelin-qizlarga maslahat berishi, bu nafaqat bir shaxsga, balki butun oilaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda ayollar tadbirkorlik, ta’lim, tibbiyot, fan va boshqa sohalarda yuksalib bormoqda. Bu jarayonda bir-birini qo‘llab-quvvatlayotgan ayollar safi ham kengaymoqda. Birgalikda biznes boshlayotgan, ijtimoiy loyihalar uyushtirayotgan, ta’lim markazlari ochayotgan ayollar soni ortib boryapti.
«Yutqazish emas, yutishimiz kerak»
Muvaffaqiyat — bu yugurishda birinchi bo‘lish emas. U — birga harakat qilish, bir-birini anglash, yelkadosh-hamfikr bo‘lib harakatlanishdir. Ayrim tahlillarga ko‘ra, ayollarning o‘zaro qo‘llab-quvvatlovi — ularning shaxsiy o‘sishiga, psixologik barqarorligiga va karerasini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘zi kabi ayolning bir maslahati — boshqa bir ayolning hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Qiyin fursatda aytilgan bir qo‘llovchi so‘z — kimnidir depressiyadan, hatto halokatdan ham saqlab qolishi mumkin.
Ayollar bir-birining raqibi emas — balki do‘sti, maslahatchisi, sherigi bo‘lishi mumkin.
Jamiyatda shunday munosabat yaralsa, ayollar nafaqat o‘zlari, balki farzandlari va atrofdagilarning ham baxti uchun harakat qiladi.
Shunday ekan:
- Qo‘shni qizning g‘oyasini tinglang.
- Hamkasb ayolning yutug‘ini olqishlang.
- Tanigan tadbirkor ayolni qo‘llab-quvvatlang.
- Sizga havas qilgan bir qizga ilhom bo‘ling.
Chunki ayolning ayolga bo‘lgan tayanchi — jamiyatning tayanchiga aylanadi.
Mavzuga oid
15:18 / 04.12.2025
Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy instrumentlari joriy etiladi
16:06 / 29.11.2025
Neyronlar olamidagi sirlar: ayollar va erkaklar miyasi o‘rtasidagi farqlar haqida
17:50 / 21.11.2025
Go‘zallik yo‘lida qurbonlik: baland poshna aslida qanchalik xavfli?
11:49 / 17.11.2025