Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonning ilk musulmon meri o‘z lavozimini saqlab qoldi
Foto: AP
Britaniyaning Leyboristlar partiyasi a'zosi Sodiq Xon London meri lavozimiga qayta saylandi. Yevropa davlati poytaxti meri lavozimini egallagan ilk musulmon bo‘lgan Sodiq Xon saylovlarning 2-bosqichida ko‘pchilik ovoz to‘plab, o‘z lavozimini saqlab qoldi.
Xon uchun saylovchilarning 55,2 foizi ovoz bergan. Uning asosiy raqibi, Konservatorlar partiyasi vakili Shon Beylini 44,8 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. Saylovlardagi davomat 42 foizni tashkil qilgan.
Xon 2016 yilda London meri lavozimini egallagandi. Joriy saylovlar dastlab 2020 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan, biroq pandemiya sababli bir yilga qoldirilgandi.
Sodiq Xon 1970 yilda pokistonlik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan.
Xon, shuningdek, Britaniya vazirlar mahkamasining a'zosiga aylangan birinchi musulmon hisoblanadi: 2008-2010 yillarda u navbati bilan jamoalar bo‘yicha vazir va transport vaziri lavozimlarini egallagan.
Mavzuga oid
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026