Jahon | 07:40 / 16.09.2016
5284
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada 4-marta favqulodda iqtisodiy vaziyat tartibi uzaytirildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro joriy yilda 4-marta favqulodda iqtisodiy vaziyat tartibini uzaytirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Qarorning amal qilishini uzaytirish "ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi vaziyatlar" sababli qabul qilingan. Bu vaziyatlar konstituttsion tartib, milliy xavfsizlik, fuqarolar va davlat institutlariga salbiy ta'sir qiladi, deb aytildi 15 sentabrda chiqqan Gaceta Oficial hukumat nashrida.
 
Favqulodda vaziyat birinchi marta neft narxlarining pasayishi ortida joriy yilning yanvarida e'lon qilingandi.  

Joriy yilda Venesueladagi cho‘zilib ketgan moliya-iqtisodiy inqiroz ortida mahsulot va oziq-ovqat defitsiti keskinlashdi. Mamlakatning bir qator hududlarida fuqarolarning yuzaga kelgan vaziyatdan noroziliklari huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid