Jahon | 09:25 / 17.09.2016
7866
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy-havo kuchlari Suriyada IShIDning bosh tashviqotchisini yo‘q qildi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy-havo kuchlari 7 sentabrda IShIDning yetakchilaridan biri, "doktor Vail" nomi bilan taniqli bo‘lgan Vail Odil Hasan Salmon al-Fayodni yo‘q qildi. Bu haqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Terrorchi Raqqa yaqinida berilgan aviazarba natijasida yo‘q qilingan. 

Ta'kidlanishicha, terrorchi IShIDning "axborot vaziri" bo‘lgan va tashviqot masalalariga javob bergan. Shuningdek, u terrorchilik guruhining maslahatlashuv kengashiga kirgan.

Pentagon vakili Piter Kukning aytishicha, al-Fayod qatllar va qiynoqlarni namoyish qiluvchi terrorchilarning tashviqot videomateriallarini tayyorlashni boshqargan.

Bundan tashqari, u IShID yetakchilaridan biri, jangarilar tomonidan bosib olingan hududlardan tashqarida terrorchilik hujumlariga javob bergan Abu Muhammad al-Adnaniyning yaqin safdoshi bo‘lgan. Adnaniyning o‘zi ham 30 avgustda aviazarba natijasida yo‘q qilingandi.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid