Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyada mahbuslarning yo‘qligi sabab qamoqxona yopiladi
Latviyaning LETA yangiliklar agentligi xabar qilishicha, kelasi 2017 yilning 1 yanvaridan Latviyaning Vetsumniyekskaya qamoqxonasi yopiladi. Bunga, so‘nggi yillarda mahbuslarning soni keskin kamaygani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur axloq tuzatish idorasi yopilgach, unda saqlanayotgan jinoyatchilar ochiq turdagi Daugavgrivsk, Yekabpilssk va Olaynsk qamoqxonalariga o‘tkaziladi.
Uning ishchilari esa, Yelgav va Olaynada xizmatini davom ettirishlari mumkin.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2012 yil oxirida Latviya qamoqxonalarida 6117 nafar jinoyatchi bo‘lgan bo‘lsa, shu yilning sentabr oyiga kelib bu raqam — 4202 nafarni tashkil etgan. Vetsumniyekskaya qamoqxonasi 1981 yil davomida qurilib, foydalanishga topshirilgan.