Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orlandodagi bilyard klubi yonida otishma sodir bo‘ldi
17 sentabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:30da Orlando shahrida (Florida) otishma sodir bo‘ldi, buning natijasida 1 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohat oldi. Bu haqida WFTV ma'lum qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma bilyardxona binosi oldida ro‘y bergan. Noma'lum kishi bino oldidan o‘tib ketayotgan mashinadan o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan.
Orlando politsiyasi bino oldida taxminan 200 nafar kishi bo‘lganligini xabar qildi. Jabrlanuvchilarning biri o‘sha yerning o‘zidayoq jon berdi. Qolgan 6 nafar kishi shifoxonalarga yetkazilgan.
Voqea yuzasidan guvohlar so‘roq qilinmoqda. Hozircha hujum aynan kimga qaratilganligi noma'lum.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026