Sport | 18:26 / 18.09.2016
6400
2 daqiqa o‘qiladi

Tennis. O‘zbekiston Shveytsariyaga yutqazib, jahon ligasiga chiqa olmadi

Bugun tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O‘zbekiston – Shveytsariya uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston terma jamoasi bu safar ham Jahon ligasiga chiqish imkoniyatidan foydalana olmadi. To‘rtta uchrashuvdan keyin hisob 2:2 bo‘lib turgandi. 

Bundan oldinroq Denis Istomin Xenri Laaksonenni - 3:1 - 6:7 (3), 7:6 (6), 7:6 (6), 7:5 hisoblarida yenggandi.

Lekin hal qiluvchi beshinchi uchrashuvda 18 yoshli tennischi Jo‘rabek Karimov yutqazdi.

U Entoni Belerga qarshi kechgan bahsda 2:6, 4:6, 7:6(8:6), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Qayd etish kerakki, Toshkentga Shveytsariya terma jamoasi tarkibida dunyo tennisi yulduzlari Sten Vavrinka va Rojyer Federer kelmagandi.

Shu tariqa, 3:2 hisobida g‘alaba qozongan Shveytsariya terma jamoasi Jahon ligasidagi o‘rnini saqlab qoldi. O‘zbekiston terma jamoasi esa Osiyo-Okeaniya mintaqasining birinchi guruhida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Shveytsariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazib, 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. O‘zbekiston – Shveytsariya uchrashuvi g‘olibi Jahon ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Manba: olamsport.com

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid