Tennis böyiça Ispaniya erkaklar terma jamoasi Devis kubogi finalida Kanadani mağlub etib, 6-marta kubokni qölga kiritdi. Final uçraşuvlari Madridda bölib ötgan.

Finalning birinçi uçraşuvida ispaniyalik Roberto Bautista-Agut kanadalik Feliks Ojye-Alyassimni mağlub etdi. 2-uçraşuvda Rafael Nadal Denis Şapovalovni doğda qoldirib, Ispaniya terma jamoasiga muddatdan avval ğalaba keltirgan.

Musobaqa qoidalariga köra, hisob 2:0 bölganda juftliklar örtasidagi uçraşuv ötkazilmaydi.

Kanada musobaqa finalida birinçi marta iştirok etdi. Ispaniya esa kubok sohibi unvonini olişga 6-marta (2000, 2004, 2008, 2009, 2011, 2019 yillar) muvaffaq böldi. 

Musobaqa mukofot jamğarmasi 20 mln dollarni taşkil qilgan. U 1900 yildan beri har yil ötkazib kelinadi. Ğalabalar soni böyiça rekordçi AQŞ hisoblanadi (32 marta).