Özbekistonlik tennisçilar Devis kubogining saralaş bosqiçida Serbiya vakillariga mağlub bölişdi. Toşkentda ötkazilgan bahslar serblarning 3:2 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.
1 fevral kungi bahslarda Duşan Layoviç Sanjar Fayziyevni mağlub etdi – 7:6 (7:4), 6:3, Filipp Krayinoviç esa Denis Istomindan ustun keldi – 6:2, 6:4.
Turnirga yöllanma oliş uçun özbekistonliklar qolgan 3ta bahsni öz foydalariga hal etişlari kerak edi.
2 fevral kuni bölib ötgan juftlik bahslarida Denis Istomin va Sanjar Fayziyev juftligi ğalaba qozongan. Keyin esa Istomin 2 set davom etgan bahsda Duşan Layoviçni mağlubiyatga uçratgan va umumiy hisob 2:2 körinişini olgan. Ammo hal qiluvçi bellaşuvda Sanjar Fayziyev Filip Kroyinoviçga yutqazib qöygan.
Saralaş bosqiçidan Serbiya terma jamoasidan taşqari, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya, Italiya, Germaniya, Qozoğiston, Yaponiya, Kolumbiya, Rossiya, Çili va Kanada vakillari ham muvaffaqiyatli ötişgan va Devis Kubogining asosiy bahslariga yöl olgan.
Bu terma jamoalar ötgan mavsum yarim finalçilari bölgan Fransiya, Ispaniya, Xorvatiya va AQŞ, şuningdek, wild card egalari bölgan Argentina hamda Buyuk Britaniyaga qöşiladi.
14 fevral kuni qur'a taşlaş marosimi bölib ötadi va jamoalar 6 guruhga ajratiladi.












