Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yatsenyuk Rossiya Davlat dumasi saylovlari borasida Oliy radaga murojaat qildi
Ukrainaning «Xalq fronti» fraksiyasi Oliy radada Rossiya davlat dumasi uchun bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olmaslik bo‘yicha muhokamalarni tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qilgan partiya yetakchisi, Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk.
«Parlament a'zolari va soha qo‘mitasiga zudlik bilan to‘planib, RF Davlat dumasi uchun bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini noqonuniy deb topish to‘g‘risidagi qaror loyihasini muhokama etish, uni qabul qilish va shu munosabat bilan bayonot berish yuzasidan murojaat qilamiz», — deya Yatsenyuk so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
U, Ukraina Oliy radasi mazkur murojaatni 20 sentabrda kurib chiqishni boshlashiga umid bildirgan.
Avvalroq, Ukraina hukumati o‘z hududidagi Rossiya diplomatik missiyalarida ovoz berish jarayonini tashkil etishni taqiqlagan edi. Shunga qaramay, Ukrainada 369 nafar rossiyalik Davlat dumasi uchun saylovda ovoz bergan.
Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmeni Tatyana Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Davlat dumasi uchun saylovlarda inson huquqlari buzilgan dunyoning yagona mamlakati bo‘lgan.
Xususan, 18 sentabr kuni «Praviy sektor» a'zolari Rossiyaning Odessa shahridagi bosh konsulligiga kiraverishni to‘sib qo‘yish bilan rossiyaliklarning Davlat dumasi uchun ovoz berishda qatnashishlariga to‘sqinlik qilishgan. Shunday holat Kiyevda ham kuzatilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026