Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlar topildi
Yaponiyaning Okinava orolida arxeologlar baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlarni topishdi. Dengiz shilliqqurti chig‘anog‘idan o‘yib olingan bir juft ilmoqning yoshi 23 ming yilni tashkil qiladi.
Olimlarning taxminicha, Okinavada birinchi odamlar 30 ming yil avval qo‘nim topganlar. Orolda tabiiy zaxiralarning kamligigiga qaramasdan, ular yashab ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Topilma qadimgi odamlar tomonidan o‘sha paytda baliq tutishning ilg‘or texnologiyalari kengroq qo‘llangani haqida taxmin qilishga imkon beradi.
Okinava orolidagi g‘orda ilmoqlardan tashqari mehnat qurollari, munchoqlar va oziq-ovqat qoldiqlari aniqlangan.
Olimlarning fikricha, qadimgi odamlar g‘orga "qisqichbaqalarning ma'lum turlari juda mazali bo‘lgan" vaqtda tashrif buyurib turganlar.
Bungacha eng qadimiy baliq tutish ilmoqlari Timor orolida topilgan ilmoqlar hisoblanardi, ularning yoshi kamida 16 ming yilni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026