Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya Suriyaning Dayr-az-Zor shahriga berilgan zarbalarda ishtirok etgan
Daniya harbiy havo kuchlarining ikkita F-16 samolyotlari Suriya armiyasining Dayr-az-Zor shahridagi egallab turgan pozitsiyalariga zarba berishda ishtirok etgan. Buning natijasida 60dan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘lgandi. Bu haqda qirollik Qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Daniyaning ikkita F-16 samolyotlari boshqa mamlakatlari samolyotlari bilan birga ushbu hujumlarda ishtirok etdi. Rossiyaliklarning Suriya harbiylariga zarba berilgani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, zarbalar zudlik bilan to‘xtatilgan», — deyiladi xabarda.
Qirollik Qurolli kuchlari matbuot xizmatida qayd etishlaricha, agar zarbalarning xatoligi tasdiqlansa, bu afsus-nadomatga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, daniyalik harbiylar xalqaro koalitsiya boshlab yuborgan surishtiruv ishlariga ko‘mak berish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Suriya armiyasining pozitsiyalariga bergan havo zarbalari oqibatida 62 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lib, 100 ga yaqini jarohat olgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026