Jahon | 09:14 / 20.09.2016
4989
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada Rossiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqchi

AQSh Halabda BMT konvoyi o‘qqa tutilishidan keyin Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilish masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda RIA Novosti agentligi AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbiga asoslanib xabar bergan.

"Qo‘shma shtatlar Rossiya bilan muzokaralarda bu masalani o‘rtaga tashlaydi. O‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilganini hisobga olgan holda, biz Rossiya bilan munosabatlarimiz istiqbollarini ko‘rib chiqamiz", degan u.

Bundan oldinroq, Halab viloyati hududida BMTning insonparvarlik yordami olib ketayotgan konvoyi o‘qqa tutilgani, natijada karvondagi 31 avtomobildan 18tasi zararlangani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid