Aktyor Bred Pitt rafiqasi Anjyelina Joli bilan ajrashayotganiga izoh berdi
AQShlik aktyor Bred Pitt rafiqasi, yana bir Gollivud yulduzi Anjyelina Joli bilan ajrashayotganiga izoh berdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
"Men bundan juda qayg‘udaman, biroq hozir asosiysi farzandlarimizning baxtidir. Men matbuotdan bunday og‘ir damda bizni bezovta qilmasliklarini so‘rayman", deb aytdi Pitt.
Joli Pitt bilan ajrashishga 19 sentabrda ariza berdi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, aktrisa erining o‘z otalik burchini ko‘ngildagidek bajara olmayotganidan norozi bo‘lgan. Joli suddan 6 nafar farzandini tarbiyalash huquqini unga berishni, Pittga esa farzandlarini dam olish kunlari ko‘rish imkoniyatini qoldirishni so‘ramoqda.
Ma'lum qilinishicha, Joli ajrashish sababi sifatida "murosaga kelib bo‘lmaydigan ziddiyatlar"ni ko‘rsatgan.
41 yoshli Joli va 52 yoshli Pitt 3 nafar asrandi farzand: kambojalik Meddoks, vetnamlik Paks va efiopiyalik Zaxarani tarbiya qilishadi. Juftlikning shuningdek Shaylo ismli qiz hamda Noks va Viven ismli egizak farzandlari bor.
Mavzuga oid
11:49 / 11.02.2023
Sirdaryo va Toshkentda nikohdan ajrashish darajasi eng yuqori
12:58 / 20.01.2023
2022 yilda qariyb 50 mingta nikohdan ajrashish holati qayd etildi
11:36 / 10.12.2022
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish holatlari soni ko‘paydi
12:04 / 25.10.2022