Texnologiya | 20:53 / 20.09.2016
4270
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik xakerlar Tesla kompaniyasini masofadan buzishdi

Xitoyning Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi mutaxassislari Tesla Model S elektromobilining elektron tizimini kompyuter yordamida masofadan turib buzishdi, deb xabar qilmoqda The Verge.

Xakerlar, CAN-shinada (elektrokardagi ko‘pgina vazifalarga javob beruvchi tizim) nuqson topishgan. Unga Wi-Fi tarmog‘idagi zararli ulanish nuqtasi orqali kirish mumkin. 

Xakerlar tizimni buzishgach, elektrokarni, uning tomini ochishgan, qayrilish chiroqlarini yoqishgan, haydovchi o‘rindig‘ining holatini o‘zgartirishgan. Bundan tashqari, yukxonani ochib, orqani ko‘rish oynasini yig‘ishgan. Favqulodda to‘xtashni ham amalga oshirishgan. 

Shundan so‘ng, xitoylik dasturchilar bu haqda Tesla kompaniyasini ogoh etgan. Videoni ommaga oshkor qilishdan avval, kompaniya nuqsonni bartaraf etishga ulgurgan. 

«Ushbu hisobotni olgach, 10 kundan so‘ng, Tesla v7.1, 2.36.31 dasturiy yangilashni e'lon qildi. Unda, yuqoridagi barcha nuqsonlar bartaraf etilgan edi», — deyiladi kompaniya xabarida. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid