Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Hillari Klinton bilan uchrashdi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Nyu York shahrida AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton bilan uchrashdi.
"Men uchun bu uchrashuv juda muhim. Men Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini, shuningdek, so‘nggi ikki yilda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi aniq qarashingiz uchun minnatdorman", – degan Poroshenko Klinton bilan uchrashuvda.
O‘z navbatida, AQSh prezidentligi uchun nomzod, Ukrainada qanaqa islohotlar o‘tkazilayotganini bilishga qiziqqan.
"Bu Ukrainaning taraqqiyotini va Rossiya agressiyasi sharoitida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir", – degan Klinton.
Eslatib o‘tamiz, Poroshenko BMT Bosh assambleyasining 71 sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu Yorkda bo‘lib turibdi. U, shuningdek, sessiya doirasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan ham uchrashadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026