Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, joriy hafta oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati 36-37 darajaga yoki undan ham yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida kunduzgi harorat +39 darajaga chiqishi, tunda esa +15-20 darajasida qolishi kutilmoqda.
Toshkent viloyatida havo harorati +36 darajani tashkil etadi.