Jahon | 23:10 / 21.09.2016
5390
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston hukumati Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlari sotib olinishini ma'qulladi

Foto: © EPA

Hindiston hukumati Fransiyadan Dassault Aviation kompaniyasi ishlab chiqargan 36 ta Rafale qiruvchi samolyotlari sotib olinishini ma'qulladi. Bu haqda Hindiston mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda AFP axborot agentligi xabar bermoqda. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuv Fransiya va Hindiston mudofaa vazirlari o‘rtasida 23 sentabrda Nyu-Dehlida imzolanadi. Manba bitim qiymatini ma'lum qilmadi, biroq muzokaralarda muhokama qilingan taxminiy narxga ko‘ra, u 7,87 mlrd yevroni (8,77 mlrd dollar) tashkil qilishi mumkin.  

Ko‘p maqsadli 4 avloddagi Rafale qiruvchi samolyoti birinchi parvozini 1986 yilda amalga oshirgan. Fransiya qurolli kuchlariga bu samolyotlar 2002 yildan boshlab yetkazila boshlangan. Fransiya hukumati armiya uchun bunday samolyotdan 180 tasiga buyurtma bergan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid