Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun mamlakatlarni 1,2 mln qochqinni qabul qilishga chaqirdi
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun seshanba kuni mamlakatlarni ahvoli ayanchliligicha qolayotgan 1,2 mln qochqinni qabul qilishga chaqirdi. Qochqinlar masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan Sammitda chiqish qilgan AQSh prezidenti Barak Obama o‘tgan yil davomida faqat 100 ming nafar qochqingina yangi uyga ega bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
"1,2 mln.ga yaqin qochqin turar-joyga ehtiyoj sezmoqda. Shunga qaramay, o‘tgan yilda 100 ming nafar qochqingina yashash uchun uyga ega bo‘lgan", - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘plab davlatlar qochqinlar masalasi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishlari lozim”.
BMT ma'lumotiga ko‘ra, bugungi kunda yer yuzida 21 mln qochqin mavjud. Ularning 90 foizi Iordaniya, Eron, Keniya, Livan, Pokiston, Turkiya, Uganda va Efiopiya singari davlatlarda tarqalib ketishgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026