Jahon | 14:08 / 22.09.2016
4823
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Tramp u bilan uchrashuvni rad etmaganligini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT Assambleyasining 71-sessiyasi vaqtida AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp u bilan uchrashishga rozi bo‘lmaganligini inkor etdi.

«O‘rtamizda inkor etadigan hech narsa bo‘lmadi», — dedi Poroshenko CNN telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, u BMT Sammitida belgilangan dasturga muvofiq Tramp bilan uchrashishga imkon topa olmagan.

Avvalroq AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifini rad qilgan. Bu haqda ukrainaliklar prezidenti ma'muriyatiga asoslangan holda Foreign Policy xabar bergan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid