Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qutqaruvchilar Misr sohillari yaqinidan 51 muhojir jasadini chiqarib oldilar
Misr sohillari yaqinida noqonuniy muhojirlar kemasining falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 51 kishiga yetdi. Bu haqda Misrning Bawaba News nashri xabar bermoqda.
Muhojirlar bilan to‘lib-toshgan qayiq 21 sentabrda Misrning Rashid shahri yaqinida O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketgan. Dastlab qayiqda Sudan, Suriya, Somali, Eritreya va Misrdan 300 ga yaqin odam bo‘lgani ma'lum qilingan.
Misr harbiy-dengiz kuchlari mahalliy baliqchilar ko‘magida ayni vaqtda suvdan 160 dan ko‘proq odamni qutqarib oldi, yuzga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. Bu orada ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, qayiqda 600 ga yaqin odam bo‘lgani, taqdiri noma'lum bo‘lib qolayotganlari soni esa 200 dan ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Avvalroq Misr bosh prokuraturasi cho‘kib ketgan qayiq jamoasining 4 a'zosini hibsga olishga buyruq bergan, yana 9 gumonlanuvchi qidiruvga berilgan. Omon qolganlarning aytishicha, odamlarni Yevropaga noqonuniy jo‘natish bilan shug‘ullangan kimsalar bir necha kun davomida turli hududlardan muhojirlarni sohilga olib kelgan. Muhojirlardan har biri ularning bu xizmati uchun 2 ming dollarga yaqin haq to‘lagan. So‘ngra muhojirlarni qayiqqa o‘tkazib Italiya tomon jo‘natishgan, biroq qayiq haddan ziyod yuklangani sabab cho‘kib ketgan.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026