Jahon | 09:36 / 24.09.2016
5656
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vazirining parvoz qilayotgan samolyoti texnik nosozlikka uchradi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Gavanadan Tokioga parvozi vaqtida samolyotda chiqqan texnik nosozlik sabab uni almashtirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, texnik nosozliklar San-Frantsiskoda aniqlangan. Nosozlik xarakteriga oydinlik kiritilmagan.

Abe shundan so‘ng bosh vazirning xorijga parvozlari vaqtida kuzatib boradigan zaxira samolyotiga chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid