AQŞ prezidenti Donald Tramp va Yaponiya boş vaziri Şindzo Abe Şimoliy Koreya ballistik raketa uçirganini qoralab ötişdi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.

«Şimoliy Koreyaning raketa sinovlariga yöl qöyib bölmaydi», — deya bayonot bergan Abe.

Donald Tramp Yaponiya boş vazirini töla qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi.

«Men Amerika Qöşma Ştatlari özining ajoyib ittifoqdoşi Yaponiyani 100 foizga qöllab-quvvatlaşini hamma tuşunişini va töliq anglaşini xohlardim», — dedi Tramp Yaponiya boş vaziri bilan birgalikda jurnalistlar qarşisiga çiqqanida.

KXDR şimoli-ğarbidagi Pxyonan-Pukto provinsiyasida joylaşgan poligondan 12 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:55da (Toşkent vaqti bilan soat 03:55 da) raketa uçirdi. Janubiy Koreya  Ştab boşliqlari qömitasi harbiylari ma'lumotlariga köra, raketa 500 kilometrga yaqin masofani bosib ötgan va Yapon dengiziga tuşgan.