Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chegarasiz shifokorlar": Halabga berilgan zarbalarda 23 kishi halok bo‘ldi
So‘nggi kunlarda Halabning sharqiy hududlariga berilgan aviazarbalar 23 nafar insonning umriga zomin bo‘lgan, 145 nafari jarohatlangan. "Chegarasiz shifokorlar" (Medecins Sans Frontieres, MSF) insonparvarlik tashkiloti vakillari shunday ma'lumot bergan.
"Oxirgi ikki kunda MSF ko‘mak berayotgan shifoxonalar 145 jabrlanuvchini qabul qilgan, 23 marta o‘lim holatini qayd etgan", - deyiladi Nyu Yorkda tarqatilgan xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, MSF Halabda 8ta shifoxonaga yordam ko‘rsatadi. Tashkilot Suriya shimolida ham 8ta tibbiyot muassasasini boshqarib, mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 150dan ortiq shifoxona va tibbiyot markazlariga bevosita ko‘mak beradi.
Mavzuga oid
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026
Bundestag Germaniyada boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirdi
18:35 / 08.02.2026