Jahon | 09:28 / 24.09.2016
5856
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi

Ruminiyada 24 sentabrda 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma'lum qildi. 

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi mamlakat poytaxti Buxarestdan shimolga tomon 145 km uzoqlikda, o‘chog‘i 100 km chuqurlikda bo‘lgan.

Ruminiyaning Yer fizikasi instituti ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi mamlakatning eng seysmik xavfli hududi bo‘lgan Karpat tog‘laridagi Vrancha uyezdida joylashgan bo‘lgan. Bu yerda har yili 3-4 magnitudali o‘nlab zilzilalar qayd etiladi. 1977 yilda bu yerda yuz bergan 7,2 magnitudali zilzila oqibatida 1,5 ming kishi halok bo‘lgan.

Zilzila ta'siri Ukrainaning markaziy va janubiy hududlarida, jumladan Odessa va Kiyev shaharlarida ham sezilgan.

Zilzilani birinchi bo‘lib Odessa aholisi sezgan. "Uylarda mebel va qandillar silkinib turgan", deyilmoqda Ukraina telekanallaridan biri saytida.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid