Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Ruminiya hukumati bilan umumiy qiymati 5,7 milliard yevro bölgan yirik harbiy şartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Şartnomaga muvofiq, Ruminiyaga 298 ta Lynx jangovar maşinasi, Skyranger havo mudofaasi tizimlari, turli xil öq-dorilar hamda törtta harbiy kater yetkazib beriladi.

Kompaniya mazkur kelişuvni özining sönggi tarixidagi eng yirik xalqaro buyurtma deb atadi. Rheinmetall ma’lumotiga köra, ilk yetkazib beriş işlari 2028 yilda boşlanib, 2030 yilgaça yakunlanadi.

Şuningdek, konsern Ruminiyada öz işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etişni va mamlakat mudofaa sanoatiga bir neça yuz million yevro investitsiya kiritişni rejalaştirmoqda.

Rheinmetall boş direktori Armin Papperger bu kelişuvga işorani 2026 yil mart oyidayoq bergan edi. Kompaniyaning investorlar uçun taqdim etgan prognozlarida Ruminiya Ukraina va Italiya bilan bir qatorda asosiy qurol-yaroğ xaridorlaridan biri sifatida qayd etilgan.

Ruminiya mazkur bitimni Yevropa Ittifoqining Security Action for Europe (SAFE) dasturi mablağlari hisobidan moliyalaştirişni rejalaştirmoqda. Dastur YeI davlatlarining mudofaa salohiyatini kuçaytiriş, qurol-yaroğ xarid qiliş va mudofaa sanoatini rivojlantirişga qaratilgan.

2025 yil may oyida taşkil etilgan SAFE jamğarmasi doirasida iştirokçi davlatlarga imtiyozli kreditlar şaklida jami 150 milliard yevro ajratilişi közda tutilgan. Dasturning asosiy maqsadlari qatorida Yevropa mudofaasini mustahkamlaş, AQŞga qaramlikni qisqartiriş va Ukrainaga kömak beriş ham bor.