Jamiyat | 09:01 / 24.09.2016
18256
5 daqiqa o‘qiladi

Shnobel mukofoti-2016: kimlar munosib deb topildi?

Har yili chinakam Nobel mukofoti g‘oliblari Harvardda yig‘ilib, ilmiylikka da'vogar bo‘lgan, biroq aniq amaliy dasturga ega bo‘lmagan, turli ikkilantiruvchi tajriba va ixtirolarni yaratgan kishilarga mukofot topshirishadi. 

22 sentabr kuni Sanders teatrida 26-marotaba Shnobel mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Biologiya

Bu yo‘nalishda mukofotni birdaniga ikki inson qo‘lga kiritdi: Charlz Foster va Tomas Tueytes.
Tueytes uch kun davomida Alp tog‘laridan echki kabi o‘tdi — bu maqsadni amalga oshirish uchun unga tuyoqlilar kabi aniq harakatlanadigan maxsus protezlar tayyorlandi. 

Foster hayvonga aylandi — masalan, tulki kabi chiqindi idishini kovladi va bog‘da uxladi.

Tadqiqotchilar g‘oyasi tushkun kayfiyatdan qutilib, hayvonlar hayotini yaqinroq anglashdan iboratdir.

Kimyo

Shnobel mukofotini bu nominatsiya bo‘yicha azot oksidi chiqindi gazlarini tarkibidagi testlarni aldashning mug‘ombirona yo‘lini topgan Volkswagen kompaniyasi qo‘lga kiritdi. 

Kompaniya avtomobillari tizim bilan jihozlandi va mashina chiqindilarini me'yoriy deb ko‘rsatgan holda mutaxassislarni aldashdi. 

Qayta ishlab chiqarish

Bu sohadagi mukofot 2007 yilda vafot etgan misrlik marhum tadqiqotchi Ahmad Shafiqqa taqdim etildi. 

Tadqiqotda kalamushlarga sintetik kiyim kiydirilsa ularning ko‘payish jarayoni sekinlashishini aniqlangan edi.

 Iqtisodiyot

Yangi Zelandiyalik professor Mark Avis hamkasblari bilan birgalikda toshlar yorqin individuallikka egaligini va ularning har biri batafsil personallashtirishdan rivojlanishini aniqladi.

Fizika

Bu sohadagi mukofot birdaniga to‘rt mamlakat vakili — Vengriya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveytsariyaga nasib etdi.

Birinchidan, ular ot hashoratlari oq tulporlarga qo‘nmasligini va ular asosan qora va jigarrang jonivorlarga hujum qilishini aniqlashdi. Hashoratlar ko‘zining tuzilishi tufayli ular oq otlarni ko‘ra olishmaydi. 

Ikkinchidan, mazkur jamoa qora qabr toshlari ninachilar uchun suv yuzasi bo‘lib ko‘rinishini isbotlashdi. Natijada, ular unga qo‘nishadi.

Tibbiyot

Kristof Xelmxen va uning nemis hamkasblari agarda insonning chap tomoni qichisa uni to‘xtatish uchun oynaga qarab, xuddi o‘sha yerning o‘ng tomonini qichish kerakligini (yoki aksi) aniqlashdi.

Psixologiya

Belgiyalik Evelin Debi yolg‘on so‘zlashga yoshning ahamiyati qanday ekanligini o‘rgandi. Tadqiqotchilar ko‘ngillilarni yolg‘on so‘zlashga majburlashdi, keyin esa ular mazkur jarayon tezligini hisoblashdi. Ma'lum bo‘lishicha, eng malakali yolg‘onchilar o‘smirlar bo‘lib chiqdi, yillar o‘tgan sari esa bu ko‘nikma kamayib boradi.

Adabiyot

Shved entomologi Fredrik Syoberg mukofotni uch jildli «Pashshalar kolleksiya qiluvchining yo‘li» avtobiografiya asarining o‘lik va hali tirik bo‘lgan pashshalarni ta'riflovchi birinchi qismi uchun oldi.

Trilogiyaning birinchi qismi rus tilida «Malez qopqoni yoxud noodatiy ehtirosga asir bo‘lib yashash baxti, pashshalar va taqdirning ajoyibotlari haqida» deb nomlandi.

O‘zining ko‘p yillik tajribasiga asoslangan holda olim hammasidan ko‘proq xira pashshalarni yaxshi ko‘rishini aytib o‘tgan.

Idrok qilish

Mazkur sohada mukofotni yapon olimlari Atsuki Xigasiyama va Koxey Adati bo‘lib olishdi. Ular agar narsaga pastda ikki oyoq orasidan qaralsa, buyumga bo‘lgan masofa qisqarishini aniqlashdi.  

Bu qarorni tekshirish uchun ular nazorat guruhiga tasvirni 180 darajaga aylantirib yuboruvchi ko‘zoynak taqishdi, Biroq ularda hech qanday ta'sir kuzatilmadi. Tajriba ish aynan bosh yo‘nalishiga bog‘liq ekanligini isbotladi.

Dunyo mukofoti

Shnobel dunyo mukofotini Kanadadagi Vaterloo universiteti doktoranti Pennikuk va uning hamkasblari qo‘lga kiritdi.

Olimlar tajribaviy yo‘l bilan ijtimoiy tarmoqlarda «chuqur ma'noli» so‘zlarni peyzajlar fonida joylashtirishni sevadiganlar o‘z ongining past darajasi bilan ajralib turishi va  g‘ayritabiiy hodisalar, fitnali nazariyaga ko‘proq ishonishini aniqlashdi.

Mavzuga oid