Garvard universitetining Sanders teatrida Şnobel mukofotlarining 28-har yilgi topşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbir veb-saytida aytilişiça, mukofotlarni har biri «odamlarni avval kuldirgan, keyin öylaşga majbur qilgan» önta yangi laureat oldi.
The Guardian gazetasining aniqlik kiritişiça, 2018 yilda iqtisodiyot sohasidagi mukofotni Kanada, Xitoy, Singapur va AQŞ olimlari guruhi qabul qilib oldi. Fevral oyida The Leadership Quarterly ijtimoiy fanlar jurnalida Lindi Xanyu Lyan, Duglas Braun, Xuyven Lian, Semyuel Xanig, Lans Ferris va Liza Xeyrings odamlar işda töqnaş keluvçi adolatsizlikni qanday yengib ötişi haqida sözlab berilgan maqolani taqdim etdi. «Notöğri narsaga huquq» tadqiqotida mutaxassislarning xulosasiga köra, bunga boşliqni eslatuvçi vudu qöğirçoği yordam berişi mumkin. Bunday qöğirçoqlarni qiynagan va ularga igna tiqqan xodimlarda adolat hissiyoti tezroq tiklangan, deb aniqlaşdi ular qator tajribalar davomida.
Tadqiqot davomida xodimlardan boşliqlari haqorat qilgan yoki ularni masxara qilgan paytlar haqida eslaş söralgan. Keyin qatnaşçilarning yarmiga öz hissiyotlarini vudu qöğirçoği yordamida çiqarib yuboriş imkoni taqdim etildi. «Boşliqni eslatuvçi qöğirçoqni qiynamaganlar bilan taqqoslanganda, buni qilganlar köproq adolat hissiyotini boşdan keçirdi», - deya tadqiqot natijalariga izoh berdi olim Duglas Braun. U marosimdan oldin jurnalistlar oldida çiqiş qilib, odamlar alamdan kelib çiquvçi ğazabni yengiş uçun boşqa, nisbatan ijobiy usullardan foydalanişlari mumkinligi, biroq bunda vudu qöğirçoği baribir muhim ahamiyat kasb etişi haqida gapirgan.
Tibbiyot sohasidagi mukofotni Miçigandan kelgan urologlar oldi. Ularning aniqlaşiça: bemor Amerik tepaliklarida uçib tuşsa, buyraklardan toşlarni tezroq çiqariş mumkin ekan.
Soğlom ovqatlaniş sohasidagi mukofot Jyeyms Koul rahbarligida işlagan Zimbabve, Tanzaniya va Buyuk Britaniya olimlariga berildi. Aprel oyida Scientific Reports internet-naşrida e'lon qilingan maqolada ularning xulosa qilişiça, kannibalistik parhez oddiylari bilan taqqoslaganda kamroq oziq quvvatiga ega va odamni töydira olmaydi. Koul va uning hamkasblari buni aniqlaş uçun kanniballar (odamxör) paleolit davrida qanday kaloriya iste'mol qilgani va zamonaviy odam tomonidan iste'mol qilinuvçi kaloriyalarni hisoblab çiqişdi. «Sizlar ot göştidan köproq kaloriya olasiz», - dedi marosim çoğida Koul.
Adabiyot sohasida Şnobel mukofoti Avstraliya, Salvador hamda Buyuk Britaniya mutaxassislarining «Hayot RTFM uçun juda qisqa (ingliz tilidan - «Yöriqnomani öqing») nomli tadqiqoti uçun topşirildi. Tea Blekler, Rafael Gomes, Vesna Popoviç va Xelen Tompsonning öz hisobotida aniqlaşiça, işda yoki har kunlik vaziyatlarda qandaydir murakkab texnologiyalar yoki gadjyetlardan foydalanuvçi kişilar deyarli heç qaçon yöriqnomalarni öqişmaydi, şuning uçun ularning barça funksiyalaridan foydalanişmaydi.








