AQŞda Şnobel mukofoti – tuşunarsiz ilmiy izlanişlar uçun xalqaro sovrin laureatlari e'lon qilindi. 27-taqdimot marosimi yana Harvard universitetida bölib ötdi. Fizika böyiça mukofotga muşuklar – bu suyuqlik modda ekanini isbotlab bergan Mark-Antuan Fardin loyiq topildi.

«Modda suyuq holatda ma'lum bir hajmga va özi joylaşgan şaklga ega böladi», - deya tuşuntirişga uringan olim özining «Muşuklar reologiyasi töğrisida»gi tadqiqotida. Tinçlik mukofoti didjyeridu (avstraliyalik aborigenlarning musiqa asbobi) çaliş uyqudagi obstruktiv apnoe sindromi – uyqu paytida nafasning töxtab qolişi, şuningdek, xurrak otiş bilan kuraşişda yordam berişini aniqlagan jamoaga topşirildi.

Iqtisodiyot böyiça mukofot esa tirik timsoh bilan aloqada böliş insonning pul tikib öynaluvçi öyinlarga bölgan qaramligiga ta'sir ötkazişini örganib çiqqan tadqiqotçilarga berildi.