Jahon | 16:11 / 25.09.2016
8186
2 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson Rossiyani Suriyadagi urushni cho‘zishda aybladi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Rossiyani Suriyadagi urushni cho‘zishda aybladi. Bu haqda u BBC telekanali muxbiri Endryu Marraning siyosiy ko‘rsatuvi vaqtida Halabdagi insonparvarlik karvoniga uyushtirilgan hujum bo‘yicha savolga javob bera turib aytib o‘tgan.

«Rossiya bu yanada dahshatli tus olib, sekinlik bilan davom etishida aybdor", degan u.

Buyuk Britaniya TIV rahbari Halabda insonparvarlik yordamlari ortilga konvoylarga qilingan hujumni "harbiy jinoyat" sifatida baholagan.

"Biz shuni anglashimiz kerakki, bu ongli ravishda tinch aholi vakillariga nisbatan qilingan hujum edi", degan vazir.

BMTning insonparvarlik yordamlari ortilgan konvoy 20 sentabr kuni kechqurun Halab hududida hujumga uchradi. Hujum oqibatida 12 xodim halok bo‘ldi. Ular BMT yuk mashinalari haydovchilari va boshqa xodimlar edi.

AQSh ushbu hujumga Rossiya aviatsiyasi ham aloqadorligini iddao etdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov buni inkor etdi va bu borada sinchkovlik bilan tekshiruvlar olib borishga chaqirdi.

22 sentabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu hujumda AQShning Injirlikdagi bazadan uchib chiqqan droni ham ishtirok etgani haqidagi ma'lumotni tarqatdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid