Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidentlik poygalarida afroamerikaliklar kim tomonda?
AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton afroamerikaliklar orasida o‘zining respublikachi raqibi Donald Trampga nisbatan ancha yuqori nufuzga ega ekanligi ma'lum bo‘ldi. Morning Consult kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari shundan dalolat bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 54 foiz Lotin Amerika vakili va 75 foiz afroamerikalik sobiq bosh kotibga ovoz berishga tayyor. Trampga esa ispan tilida so‘zlashuvchilarning atigi 20 foizi va qora tanlilarning 7 foizigina ovoz berishi kutilmoqda.
Biroq AQShning oq tanli aholisi orasida milliarder ishonchli darajada yetakchilik qilmoqda - Trampga 44 foiz oq tanli ovoz bergan bo‘lsa, Klintonda bu ko‘rsatgich 33 foizni tashkil qilmoqda.
Barcha saylovchilarni inobatga olganda esa, Tramp Klintonni atigi 1 foizga ortda qoldirmoqda - 39 foiz 38 foizga qarshi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026