Jahon | 00:14 / 26.09.2016
7227
2 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun Suriyadagi "tungi dahshatlarga chek qo‘yishga" chaqirdi

Foto: © AP

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya ixtilofining barcha tomonlarini "tungi dahshatlarga chek qo‘yishga" chaqirdi. U bu haqda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tashabbusi bilan chaqirtirilgan BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida aytdi.

Ma'lum qilinishicha, yig‘ilishning chaqirtirilishiga Suriya armiyasining jangarilarga qarshi hujumi sabab bo‘lgan. Suriya armiyasi Halabdan "Jibhat an-Nusra" va "qurollangan muxolifat" jangarilarini siqib chiqarmoqchi.

Avvalroq Suriya armiyasi Halabda harbiy operatsiyaning boshlanishini ma'lum qilgandi. Hukumat qo‘shinlari tinch aholini jangarilar to‘plangan joylar va ularning qo‘mondonlik punktlariga yaqinlashmaslikka chaqirgan.  
 
Suriya harbiy qo‘mondonligi milliy harbiy-havo kuchlari birorta ham fuqarolik obektiga hujum qilmaganini tasdiqladi. Ta'kidlanishicha, Suriya armiyasi razvedka va sinchkov kuzatuv ma'lumotlariga asoslanib ishonch hosil qilgan holda terrorchilarni bombardimon qilmoqda.

BMT bosh kotibi, Suriya

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid