Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Yevropada onlayn-xaridlar hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Buyuk Britaniya aholisi 2015 yil onlayn-do‘konlarda 56,4 mlrd yevro qiymatida xaridlarni amalga oshirgan. Bu haqida PostNord logistika kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan yevropaliklarning afzal ko‘rish va xarid qilish odatlari bo‘yicha tadqiqot xabar beradi.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada internet orqali xarid qilish hajmi umumevropa sotib olish hajmining uchdan biri (29,8 foiz)ni tashkil qiladi. Internet-xaridi bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinda Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari o‘rin egalladi.
Xabar qilinishicha, 2015 yilda 253 mln yevropalik internetda 189 mlrd yevro qiymatidagi xaridni amalga oshirishgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yilga nisbatan 9 mlrd yevroga oshgan.
Logistika kompaniyasining aniqlashicha, mijozlar uchun yetkazib berish xizmati internet orqali sotib olishdagi eng muhim jihatlardan biri sanaladi. Shundan so‘ng xaridorlar variantlar va yetkazib berish tezligiga e'tibor qaratishadi.
Tadqiqotda aytilishicha,176 mln kishi xorijiy internet-do‘konlarning saytlarida xarid qilishadi. Ma'lum bo‘lishicha, bunday xaridlar soni bir yil ichida 17 mln martaga ortgan.
Shuningdek, Buyuk Britaniya va Germaniya eng mashhur onlayn-mahsulotlar tarqatuvchi distribyutorlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026