Jahon | 09:55 / 27.09.2016
5004
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi teraktlar tufayli ishsizlar soni rekord darajada ortdi 

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, Fransiyada sodir etilgan teraktlar sababli ishsizlar soni rekord darajada oshdi. Bu haqda mamlakat mehnat vaziri Miriam al-Homriyning ma'lumotiga asoslanib, AFP agentligi xabar bermoqda.

"Avgust oyida ishsizlar miqdori 1,4 foizga yoki 50 ming kishiga ko‘paydi. Bu 2013 yilning yanvaridan beri rekord daraja hisoblanadi", - deb ma'lum qildi vazir.

U bu ko‘rsatkichni “anomal” (normadan chetga chiqqan - tahr.) deya baholagan va bu holat iqtisoddagi tendensiyalar bilan bog‘liq emasligi aytgan.

Al-Xomriy asosiy muammolarni keyingi vaqtlarda xavfsizlik sohasidagi vaziyat beqarorlashishi hamda teraktlarning turizm va mehmonxona biznesiga ta'sir o‘tkazganida ko‘rmoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, avgust oyi so‘ngida Fransiyada 3,56 mln ishsiz qayd etilgan.

ForwardKeys tahlil kompaniyasining guvohlik berishicha, Nitstsa shahri uchun band qilinayotgan aviachiptalar hajmi 57 foizga tushib ketgan. Bunga shaharda 14 iyul kuni sodir etilgan teraktlar sabab hisoblanadi.

Fransiyada umumiy miqdorda aviachiptalar buyurtmasi 20 foizga tushib ketgan, sayyohlik turlari esa 11 foizga qisqargan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid