Mutaxassislar Tramp va Klinton xatolarini aniqlashdi
Prezidentlik uchun nomzodlar so‘zlarining haqiqiyligini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar Donald Tramp va Hillari Klintonning 26 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan telebahslarda ko‘p sonli noaniqliklar va bevosita soxtakorliklarini qayd etishgan.
Tramp va Klintonning bayonotlari jiddiy tahlildan o‘tkazilib, matbuot aksar hollarda Trampni xato so‘zlari uchun tanqid qilgan.
Masalan, Tramp o‘zining 2003 yilgi bayonotlariga zid ravishda, dastlab Iroqqa qarshi urush bo‘lganini ta'kidlagan. Bundan tashqari, milliarder respublikachining so‘zlariga ko‘ra, Klinton "umri davomida IShIDga qarshi kurashgan". Aslida, IShID dastlab "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining Iroqdagi sho‘'basi sifatida yo‘q qilingan, ammo keyinchalik, 2014 yilda Iroq va Suriyaning katta hududini egallab olish bilan qayta paydo bo‘lgan edi. Bu vaqtda esa, Klinton davlat kotibi lavozimini tark etgandi.
Hillari Klinton ham o‘z navbatida, Rossiyani AQSh Demokratik partiyasiga kiberxurujlarni amalga oshirishda aybladi. Ammo, alaloqibat, The New York Times nashrining qayd etishicha, AQSh Rossiyani mazkur kiberbuzishlar uchun ayblamadi. Klinton yana, AQShning mazkur sohadagi imkoniyatlari Rossiyanikiga qaraganda kengroq ekanini ta'kidlagan bo‘lsa-da, fikriga bironta ham dalil keltirgani yo‘q. Donald Tramp, garchi AQSh razvedka tashkilotlarining Rossiyani ayblovchi ma'lumotlari matbuotda chiqqaniga qaramay, Rossiyaning bu kabi hujumlardagi ishtiroki isbotlanmaganini ta'kidladi. Aslida, amerikalik josuslar haqiqatdan bironta dalil keltirishgani yo‘q.
Klinton xonimning uqdirishicha, Tramp iqlim o‘zgarishlarini— "xitoyliklarning uydirmasi" deb hisoblaydi. Tramp esa, hech qachon bunday demaganini ta'kidlagan. Biroq, Tramp 2012 yili Twitter sahifasida shunday degan edi: "Global iqlim o‘zgarishi konsepsiyasi xitoyliklar tomonidan xitoyliklar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, AQShdagi ishlab chiqarish raqobatbardoshligini yo‘qqa chiqarish maqsadiga xizmat qiladi".
Va nihoyat, Trampning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda Nyu Yorkdagi jinoyatchilik keskin oshgan. Klinton esa uning bu fikrini rad etib, AQShning eng yirik shahridagi jinoyatchilik ko‘rsatkichi kamayganini aytganida haq bo‘lib chiqdi. Axir Klinton ham, Tramp ham Nyu-Yorkda istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024