Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DJI taxlanuvchi Mavic Pro dronini taqdim etdi
Xitoyning DJI kompaniyasi o‘zining ilk ixcham taxlanuvchi Mavic Pro dronini taqdim etdi. Bu haqida The Verge xabar bergan.
Mavic Pro og‘irligi 734 gramm bo‘lib, unda stabilizatorga ega 12 megapikselli kamera joylashgan. Dron bir soniyada 30ta tasvir tezligida 4K video olishga qodir, surat olish imkoniyati 1080p — bir soniyada 96ta tasvir chastota bilan.
Havoda uchuvchisiz qurilma bitta batareya bilan 27 daqiqa ucha oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 65 kilometrga yetadi.
Mavic Pro bahosi oddiy to‘plam bilan 999 dollar bo‘lib, to‘plamda kontroller bo‘lmagan narxi esa 749 dollarni tashkil etadi. U 2016 yilning noyabr oyida sotuvga chiqarilishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
15:21 / 05.03.2026
Iroqdagi Eron kurd muxolifati shtabiga dron zarba berdi
13:21 / 04.03.2026
OAV: Ukraina frontda nemis “mini-Taurus”larini ommaviy qo‘llayapti
14:55 / 03.03.2026
Saudiyadagi yirik neft zavodi dron zarbasidan so‘ng ishini to‘xtatdi
13:43 / 02.03.2026